BMTdan ham, uning Xavfsizlik kengaşidan ham adolat kutiş befoyda. Bunday fikrni Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan aytib ötdi. Turkiya rahbari yana bir bor BMTda islohotlar ötkaziş kerakligiga çaqirgan.
Erdöğan musulmonlarga global muammolarni hal qiliş huquqi rad etilganidan arz qilgan. Uning ta'kidlaşiça, islom davlatlari hattoki öz kelajaklarini muhokama qilişdan çetlatilgan. “Oqibatda 1,7 mlrd kişilik islom dunyosi BMT Xavfsizlik kengaşining doimiy a'zolari qatorida bildirilmagan. Yana qaytaraman, Xavfsizlik kengaşining 5 doimiy a'zosi dunyo taqdirini hal qilmasligi lozim”, deb aytgan Erdöğan.
Uning aytişiça, oxirgi 16 yil içida (Erdöğan hokimiyat tepasiga 2002 yil oxirida kelgan) Turkiya unga asrlar davomida ötkazişga harakat qilingan taşqi tobelikdan xalos bölişga muvaffaq böldi.
Erdöğan öz nutqi davomida axborot sohasida himoyani ta'minlaş muhimligini ta'kidlab ötgan. “Biz axborotni himoyalaşga öz çegaramiz himoyasidek qaraşimiz kerak. Bugunda kiberhujumlar va kiberhimoyadagi kamçiliklar fuqarolar şaxsiy ma'lumotlari va davlat xavfsizligiga asosiy tahdidlar hisoblanadi”, deb aytgan Turkiya rahbari.
Erdöğan Turkiya kosmik agentligining taşkil etilişini yana bir tarixiy qadam deb atagan.
Oktyabrda Erdöğan milliardlab odamlar öz umidlarini boğlovçi BMT tom ma'noda barbod bölayotganini aytgandi.












