«Barselona» hujumçisi Lionel Messi portugaliyalik Kriştianu Ronaldu «Real»da töp surgan vaqtda ular örtasida kuzatilgan raqobatga baho berdi.
«Ronaldu bilan raqobatimiz muxlislar uçun juda ajoyib va qiziqarli bölgan edi», - dedi Messi Marca naşri bilan suhbatda.
Intervyuda Leo futbolni sevişi, ammo uning uçun oila birinçi örinda turişini ham ta'kidlab ötgan. U «Oltin töp» uçun sörovnomada beşinçi örinni olgani haqida şunday deydi: «Nomzodlar haqida eşitgandim va da'vogarlar orasida emasligimni bilardim».
Eslatib ötamiz, şu oyda Kriştianu ham Messi bilan raqobati haqida gapirgandi, argentinalik hamkasbini A Seriyada köriş istagi borligini bildirgandi.
«Messini soğindimmi? Yöq, ehtimol u meni soğingandir! Men Angliyada, Ispaniya va Italiyada, Portugaliyada va terma jamoada öynab çiqdim, u esa hamon Ispaniyada. Balki men unga köproq kerakdirman», – deya ta'kidlagandi Ronaldu.












