Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mubin Mirzayev Soliq qo‘mitasiga o‘tkazildi
Foto: Kun.uz
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirining birinchi o‘rinbosari Mubin Muhitdinovich Mirzayev Davlat soliq qo‘mitasi raisiga birinchi o‘rinbosar etib tayinlandi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati Kun.uz’ga xabar bermoqda.
1969 yilda tug‘ilgan Mubin Mirzayev Toshkent davlat universitetini va Toshkent Moliya institutini tamomlagan, Yaponiya siyosiy tadqiqotlar milliy instituti magistri hisoblanadi. U 2006−2008 yillarda Markaziy bankda monetar siyosat va iqtisodiy tahlil departamentini boshqargan.
Muqaddam O‘zbekiston Moliya vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Mubin Mirzayev 2017 yilning avgustida Iqtisodiyot vazirining Makroiqtisodiy siyosat, bazaviy tarmoqlarni rivojlantirish va xalqaro moliya institutlari bilan ishlash masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.
Bundan avvalroq, 2018 yil mayidan buyon Davlat soliq qo‘mitasi raisi vazifasini bajaruvchi sifatida ishlab kelayotgan Behzod Musayev rasman rais lavozimiga tasdiqlangani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
22:35 / 07.01.2026
Tadbirkorlarga soliq hisobotini vaqtida topshirmaganlik uchun jarima miqdori kamaytirildi
08:27 / 03.01.2026
Xitoyda oila siyosatida o‘zgarish: ayrim mahsulotlar uchun soliq qayta tiklandi
18:12 / 01.01.2026
Taksichilarning soliq to‘lashi borasida izoh berildi
11:26 / 30.06.2025