Bugun, 27 dekabr kuni Xalq deputatlari Toşkent şahar Kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi bölib ötdi.
Toşkent şahar hokimligi matbuot xizmati xabar qilişiça, sessiyada taşkiliy masala körilgan va Baxtiyor Töğonboyeviç Rahmonqulov Toşkent şahar hokimining uy-joy kommunal xizmat körsatiş böyiça örinbosari etib tayinlangan.
Baxtiyor Rahmonqulov şu kunga qadar Toşkent şahar Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi boşliği sifatida faoliyat körsatib kelayotgandi.

Foto: Toşkent şahri hokimligi
Şu tariqa, Toşkent şahri hokimi örinbosarlari soni 8 nafarga yetdi. Bungaça hokimning quyidagi 7 nafar örinbosari bor edi: Toşkent şahar hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari böyiça birinçi örinbosari Şerzod Xadjizadayev, Toşkent şahar hokimining arxitektura, kapital quriliş va kommunikatsiyalarni rivojlantiriş masalalari böyiça örinbosari Davron Hidoyatov, hokimning investitsiyalar, innovatsiya, sanoatni, turizmni rivojlantiriş va xususiylaştirilgan korxonalarga kömaklaşiş masalalari böyiça örinbosari Şarof Rahmonov, hokimning yoşlar siyosati, ijtimoiy rivojlantiriş va ma'naviy-ma'rifiy işlar böyiça örinbosari Elbek Şukurov, hokimning yoşlar siyosati, ijtimoiy rivojlantiriş va ma'naviy-ma'rifiy işlar böyiça örinbosari Şuhrat Turdiqulov, hokim örinbosari - Toşkent şahar kanallardan foydalaniş va ularga tutaş hududlarni obodonlaştiriş boşqarmasi boşliği Hayot Inoğamov hamda hokim örinbosari - xotin qizlar qömitasi raisi Dilbar Najmutdinova.

















