Viloyat, tuman va şahar hokimlari mahalliy kengaşlarga raislik qilişi amaliyoti bekor qilinadi, deputatlarning vakolatlari kengaytiriladi. Bu haqda prezident Oliy Majlisga murojaatnomasida aytib ötdi.

«2019 yilda hokimning ayni vaqtda Xalq deputatlari kengaşi raisi sifatida faoliyat körsatişiga doir tartib bekor qilinişi lozim.

Oliy Majlis palatalari rahbarlariga ikki oy muddatda uşbu masalalarni deputat va senatorlar örtasida hamda joylardagi vakillik organlarida atrofliça muhokama qilib, amaliy çoralar dasturini qabul qiliş tavsiya etiladi.

Hokim hokimligini qilsin, lekin kengaş oldida hisobot bersin. Ikki yil oldin bu gaplar amalga oşmaydigan işdek körinardi. Ammo yangi yildan şunday bölişi kerak», dedi prezident.

Eslatib ötamiz, Şavkat Mirziyoyev 2016 yilning 8 dekabrida Özbekiston respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bağişlab ötkazilgan tantanali marosimda sözlagan ma'ruzasida hokimlar bevosita xalq tomonidan saylanişini taklif qilgandi.