Markaziy bank 2018 yilning 9 oyi uçun Özbekiston Respublikasining tölov balansi, xalqaro investitsion pozitsiyasi va taşqi qarzini e'lon qildi.
Ma'lum qilinişiça, Özbekiston Respublikasi umumiy taşqi qarzining hajmi 2018 yilning 1 oktabr holatiga 16,4 mlrd. dollarni taşkil qildi.
Markaziy bank ma'lumotlariga köra, joriy yilning birinçi çoragida Özbekistonning taşqi qarzi 14,5 mlrd dollardan 14,7 mlrd dollargaça oşgandi. Taşqi qarz uçinçi çorakda 2018 yilning boşiga nisbatan 4,2 foiz yoki 664,3 mln. dollarga ösgan.

Ma'lumot uçun, davlat taşqi qarzi davlat tomonidan jalb qilingan qarz va davlat kafolati ostida olingan qarzdan iborat. Xususiy taşqi qarz xöjalik yurituvçi sub'yektlarning, şu jumladan davlat korxonalarining, davlat tomonidan kafolatlanmagan taşqi qarzidan iborat böladi.
Quyidagi jadvalda jalb qiliş muddatlari böyiça taşqi qarz tasniflanişi keltirilmoqda.

(Qarzdorlikni tasniflaş qarz olişlarni söndirişning birlamçi muddatlaridan kelib çiqqan holda ötkazilgan).
2018 yilning 9 oyi uçun jami qarzdorlikning ösişi davlat sektoriga töğri kelmoqda (1,1 mlrd. doll.), şu bilan birga xususiy sektorning qarzdorligi 466,2 mln. dollarga kamaygan. Şunday qilib, davlat taşqi qarzi davlat loyihalarini moliyalaştiriş uçun yangi qarz olişlarni jalb qiliş hisobiga ösiş tendensiyasini saqlab qolgan.
«Ta'kidlaş lozimki, 2018 yilning 9 oyi davomida xususiy sektor tomonidan jami 536,3 mln. dollar miqdordagi taşqi qarz jalb qilindi. Qarzni jalb qiliş asosan banklar – 340,0 mln. doll., ulardan 241,2 mln. doll. – davlat uluşiga ega banklar, 57,8 mln. doll. – neft, gaz va energetika sektori korxonalari, 25,3 mln. doll. – töqimaçilik sohasi korxonalari va 113,3 mln. doll. – iqtisodiyotning boşqa sektorlari korxonalari xissasiga töğri keladi. Şuningdek, xususiy sektor qarzi böyiça 2018 yilning 9 oyi davomida 962,6 mln. doll. miqdordagi asosiy qarz va 225,9 mln. doll. miqdordagi foizlarning tölovi amalga oşirildi. Davlat taşqi qarzi böyiça esa mos ravişda 303,7 mln. doll. va 122,8 mln. doll. tölab berildi. Bunda asosiy qarzni söndirişning sezilarli hajmi neft, gaz va energetika sektori (645,8 mln. doll.), şuningdek bank (151,4 mln. doll.) va telekommunikatsiya sektori (118,8 mln. doll.)ga töğri kelmoqda. Neft, gaz va energetika sektori korxonalari tomonidan 187,4 mln. dollar miqdordagi foizlar tölangan», deyiladi Markaziy bank axborotida.

















