Qora bozorda ish qiladiganlar qattiq jazolanadi - Prezident
Prezident parlamentga murojaatnomasida yangi soliq konsepsiyasi haqida gapirdi.
«Fuqarolarimiz soliq to‘lashdan manfaatdor bo‘lishi kerak. 2019 yildan joriy etiladigan soliq konsepsiyasi soliq yukini kamaytirish, sodda soliq tizimini qo‘llashni ko‘zda tutadi. Bu shuningdek investorlarni jalb etishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Hozirda YaIMda yashirin iqtisodiyotning ulushi katta. Bu mamlakat rivojiga salbiy ta'sir ko‘rsatmoqda. Yashirin iqtisodiyot ulushi katta ekanini deputatlar ham, boshqalar ham, hamma yaxshi biladi.
Yoki iqtisodiyotni rivojlantirish kerak, yoki eski tos-hammom bo‘lib yuraverishimiz kerak.
Soliqlarni vaqtida to‘lab yuradigan insofli tadbirkorlarni albatta rag‘batlantiramiz. Albatta hammaga bir xil bo‘la olmaymiz. Yashirin iqtisodiyot yuritadiganlarga, qora bozorda ish qiladiganlarga juda qattiq jazo beramiz. Boshqa yo‘li yo‘q.
Ma'lumki, soliq stavkalari pasaytirilishi yoki ayrim soliqlar bekor qilinishi bilan byudjyetga tushadigan mablag‘ hajmi kamayadi. Buni samarali soliq ma'muriyatchiligi orqali bartaraf etish va byudjyet barqarorligini ta'minlash mumkin. Aynan shunga erishish birinchi galdagi vazifamizdir.
Soliq ma'muriyatchiligi shunday bo‘lishi kerakki, qo‘shilgan qiymat solig‘i keng joriy qilinsa ham, bu holat iste'mol tovarlarining narxi o‘sishiga olib kelmasligi zarur.
Kelajakda hamma bir xil bo‘lishi kerak, bozor beshafqat, lekin shuni qilishimiz kerak. Falon firma, falon tashkilotga preferensiyalar bersak, rivojlanish bo‘lmaydi. Soliq imtiyozlarini bosqichma-bosqich bekor qilishimiz kerak.
Og‘ir yo‘lga o‘tyapmiz, lekin bitta shu to‘g‘ri yo‘l. Og‘ir lekin, barqarorlik yo‘li. Barqaror iqtisodiyotni ta'minlaymiz», dedi prezident.
Tavsiya etamiz
Amerika migrantlarni quvmoqda, Isroil yangi hujum boshlamoqchi - hafta dayjesti
Jahon | 13:44 / 26.01.2025
Toshkentda yana bir avtosalon egasi qamoqqa olindi
O‘zbekiston | 19:54 / 24.01.2025
Daniya, AQSh yoki mustaqillik: Grenlandiya "kimniki?"
Jahon | 17:40 / 24.01.2025
2025 yilgi global xatarlar qaysi? Jahon iqtisodiy forumi hisoboti
Iqtisodiyot | 21:23 / 23.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp migrantlar to‘la samolyotlarni qabul qilmagan Kolumbiyaga sanksiya joriy qildi
Jahon | 01:22
-
Surxondaryoda pora bilan ushlangan hokim yordamchisiga hukm o‘qildi
O‘zbekiston | 00:41
-
Belarusda saylov uchastkalari yopildi, ekzit-poll Lukashenko g‘alabasini ko‘rsatmoqda
Jahon | 00:20
-
Kolumbiya migrantlarga to‘la AQSh samolyotlarini o‘z hududiga kiritmadi
Jahon | 00:00
Mavzuga oid
16:32 / 26.12.2024
Mobil aloqa xizmatlari aksiz solig‘idan ozod etildi
17:22 / 13.03.2023
Tadbirkorlarni E-aktiv'ga majburan jalb qilish yana kechiktirildi
10:10 / 12.03.2023
Soliqlarning bir qismi mahallalarda qoladi: «Mahalla budjeti» qanday ishlaydi?
18:39 / 07.03.2023