Avvalroq, Radisson Blu mehmonxonasining rekonstruksiyasi 40 million dollarga baholangani xabar qilingandi. Aysel Invest’dan Kun.uz’ga xabar berişlariça, loyiha oddiy rekonstruksiya emas, balki mehmonxonani lyuks-sinfdagi otelga aylantiriş böladi.

Loyiha doirasida yangi binolar qurilişi va mavjudlarini rekonstruksiya qiliş közda tutilgan. Natijada, mehmonxona yuqori sinfga aylanadi va Radisson Collection yangi brendi ostida işlaydi - bu tarmoq içidagi eng yuqori toifa.
Aysel Invest’dan aniqlik kiritişlariça, loyiha hujjatlari va hisob-kitoblarni tayyorlaş jarayonida loyihaning qiymati oşgan.

Şu tariqa, loyiha endi 60 million dollarga baholanadi va quyidagilarni öz içiga oladi:
umumiy maydoni 15740 kvadrat metr bölgan 152 ta xonani öz içiga olgan yangi binoni quriş. Bunda u 14 qavatdan yuqori bölmaydi, alohida launj hududga ega prezidentlik qavati ham barpo etiladi. Sönggi qavatda panoramali körinişga ega basseyn va şişali şift qoplami böladi. Şuningdek, bu yerda SPA va fitnes markazlar, 150 öringa möljallangan Open Buffet Kitchen kontseptli restoran joylaşadi;

maydoni 21 ming 490 kv.m. bölgan, 18 qavatdan yuqori bölmagan mehmonxona majmuasini quriş. Sönggi qavatda panoramali körinişga ega restoran joylaştiriladi;
mavjud mehmonxona binosini ta'mirlaş va rekonstruksiya qiliş. Bu yerda 106ta xona böladi hamda umumiy maydoni 9 750 kv.m.ni taşkil etadi. Şuningdek, yapon oşxonasiga ega restoran paydo böladi;
yozgi hududlarni rekonstruksiya qiliş.












