Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuxamedovning samolyotlari harakatlanişi haqidagi axborot butun dunyo böylab samolyotlarning harakatlanişini kuzatuvçi Flightradar24 onlayn-servisida boşqa e'lon qilinmayapti. Bu haqda “Xronika Turkmenistana” naşri ma'lum qildi.
Ta'kidlanişiça, avvalroq naşr Flightradar24 yordamida Berdimuxamedovning ikkita samolyoti – Boeing 737-7GL (bort raqami EZ-A007) va Boeing 777-22K(LR) (bort raqami EZ-A777) ortidan kuzatgan.
Turkmaniston prezidentining samolyotlari harakatlanişi haqidagi axborot noyabrdan beri yangilanmagan. Flightradar24’da aytilişiça, bu samolyotlar haqidagi ma'lumotlar bloklangan. “Odatda bunday holat samolyot egasi arizasi böyiça yuz beradi”, deb aytilgan servisda.
Naşrning eslatişiça, 2018 yilda prezident samolyotlari Germaniyaga bir qator e'lon qilinmagan parvozlarni amalga oşirgan. Misol uçun, prezidentning Boeing 737-7GL samolyoti iyunda Germaniyaga uç marta qöngan – 10, 14 va 26 iyulda. Samolyot oktyabrda Germaniyaga yana ikki marta qöngan. Biroq Berdimuxamedovning yoki Turkmaniston delegatsiyasining Germaniyaga safarlari haqida rasmiy axborot berilmagan, deb qöşimça qilgan naşr.












