Italiya çempionatida birinçi davrining sönggi - 19-tur öyinlari boşlandi.

«Yuventus» öz maydonida «Sampdoriya»ni qabul qildi va 2:1 hisobida ğalaba qozondi. Mezbonlar hujumçisi Kriştianu Ronaldu 2-daqiqadayoq Dibalaning töp uzatişidan söng hisobni oçdi. Ikkinçi bölim örtalarida penaltini aniq amalga oşirdi. Uning dubliga mehmonlar Kualyarellaning bitta goli bilan javob qaytarişdi. 

Bu natijadan söng, «Yuventus» 53 oçko bilan 1-örinda, «Sampdoriya» esa 29 oçko bilan 5-örinda bormoqda. 

A Seriya, 19-tur
Yuventus – Sampdoriya 2:1 
Gollar: 1:0 – 2 Ronaldu, 1:1 – 33, penalti Kualyarella, 2:1 – 65, penalti Ronaldu. 
Yuventus – Perin, Rugani, Aleks Sandro, De Şilo, Kellini, Jan, Pyaniç, Matyuidi (Duglas Kosta, 82), Ronaldu, Dibala, Manjukiç (Bernardeski, 69).
Sampdoriya – Audero, Ferrari, Murru, Sala, Kolli, Ramires (Saponara, 72), Ekdal (Yankto, 82), Linetti, Prat, Kaprari (Defrel, 67), Kualyarella.
Ogohlantirişlar: Matyuidi (36), Ferrari (36), Rugani (71).

Bu ğalabadan söng Turin klubi birinçi davrada töplagan oçkolari sonini 53taga yetkazib qöydi. Bu – turnirning yangi rekordi. Bu boradagi avvalgi rekord ham «Yuve»ga tegişli edi – klub 2005/06 yillar mavsumi birinçi yarmida 52 oçko jamğargan.

«Keksa sinora» bu mavsum faqat «Jyenoa» va «Atalanta» bilan bahslarda durang qayd etdi, hamon mağlubiyatsiz seriyasini davom ettirmoqda.

Bugungi uç oçkoni ta'minlagan ikki gol muallifi Kriştianu Ronaldu esa 14ta gol bilan çempionat töpurarlari röyxatida birinçi öringa çiqib oldi. Ikkinçi poğonaga tuşib qolgan «Jyenoa» hujumçisi Kşiştof Pentek hisobida 13ta gol bor.

Kriştianu 2-daqiqadayoq Dibalaning töp uzatişidan söng hisobni oçdi. Ikkinçi bölim örtalarida penaltini aniq amalga oşirdi. Bu uning A Seriyadagi 13- va 14-gollari böldi. Töpurarlar orasida ikkinçi öringa tuşib qolgan «Jyenoa» hujumçisi Kşiştof Pentek hisobida 13ta gol bor.

Şu bilan birga, Ronaldu bugungi dublidan söng A Seriyaning bir mavsumida eng köp gol urgan portugaliyalik öyinçiga aylandi. U 1988/89 yillar mavsumida «Yuventus» şarafini himoya qilib, 12ta töp kiritgan yarimhimoyaçi Rui Barroşni ortda qoldirdi.