Özbekiston Milliy banki “2020” deb nomlangan yangi strategiyasida kiçik va örta biznesning rivojlanişini qöllab-quvvatlaşga intilişi haqida sözladi. Bank şu tariqa öz mijozlari bazasi va umuman Özbekiston bozorida kiçik va örta biznesning uluşini oşirişni rejalaştirmoqda, çunki tadbirkorlikning aynan şu segmenti barça ilğor davlatlar iqtisodiyotining asosi hisoblanadi.

Özbekiston Milliy banki respublikadagi eng yirik bankdir, biroq kun sayin oşib borayotgan raqobat şaroitida şunçaki yirik böliş yetarli hisoblanmaydi. Bank, albatta, yirik davlat va xalqaro investitsiya loyihalaridan taşqari, kiçik va örta biznes vakillari kabi muhim va salmoqli sohaga e'tibor qaratadi. Bank öz mijozlari bilan munosabatlarni mutlaq özgaça darajaga kötariş va bozordagi örnini yanada kuçaytiriş istagi haqida oçiqçasiga aytib keladi.

Foto: Özbekiston Milliy banki

Keling, özgarişlarga ötaylik. Milliy bank birinçi navbatda kiçik va örta biznesni “Korporativ mijozlar” bölimidan mustaqil va ança katta kölamli mijozlar portfeliga çiqarmoqçi. Bu uşbu segmentning muammolarini çuqurroq körib çiqiş hamda kiçik va örta biznesni rivojlantiriş uçun eng maqbul çora-tadbirlar rejasini işlab çiqiş, bu segment uçun barça jarayonlar va mahsulotlarni standartlaştirişga imkon beradi.

Milliy bank uzoqni közlovçi rejalar tuzadi. Bankning maqsadi kiçik xususiy tadbirkordan tortib örta va yirik kompaniyalargaça bölgan barça mijozlarga ösiş va rivojlanişda yordam berişdan iborat. Bank şu tariqa mijozlar bazasini kengaytirişni va nafaqat xizmat körsatuvçi taşkilot, balki mijozlarning tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirişda maslahatçi sifatida uşbu segment vakillari orasida sodiqlikni oşirişni rejalaştirmoqda. 

Bankning yangi strategiyasidagi asosiy bandlardan biri kreditlar berişga yondaşuvning özgarişi böldi. Bunda e'tibor nafaqat garovga qöyiş tamoyiliga, balki har bir qarz oluvçining real pul oqimlari tahlilini tatbiq qilişga qaratiladi. Bu esa kreditni qaytariş va u böyiça foizlar tölaş uçun pul mablağlarining yetarliçaligini aniqlaşga imkon beradi. Şu tariqa, bank kredit qaytarilmasligi xatarini çamalay oladi, kredit oluvçi esa öz zimmasiga kuçi yetmaydigan kreditni olib, qarzdor bölib qolmaydi. Kiçik va örta biznesni kreditlaşdagi yangi yondaşuv xalqaro standartlarni tatbiq qilişga asoslanadi. Bu maqsadni amalga oşiriş maqsadida Milliy bank va Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki örtasida kiçik va örta biznes sub'yektlarini Yevropa banki metodikasiga köra kreditlaş texnologiyasini joriy qiliş böyiça maslahat xizmatlarini körsatiş yuzasidan kelişuv imzolandi.