O‘zbekiston | 00:07 / 30.12.2018
47465
1 daqiqa o‘qiladi

Bir necha uy va kvartiralarga ega shaxslar uchun soliq miqdori oshiriladi

Foto: KUN.UZ

O‘zbekistonda bir necha uy-joyga va dala hovliga ega shaxslar uchun yuqori stavkada mulk solig‘i joriy qilinishi rejalashtirilmoqda. Fuqarolar ikkinchi va undan keyingi uy-joy fondi obektlari uchun yuqori miqdorda soliq to‘laydilar.

Bu haqda «2019 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat byudjyeti parametrlari hamda 2020-2021 yillarga byudjyet mo‘ljallari to‘g‘risida»gi Prezident qarorida belgilab qo‘yilgan.

Hujjatga ko‘ra, Moliya vazirligiga O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi bilan hamkorlikda 2019 yil 1 mayiga qadar, xalqaro tajribani o‘rgangan holda, jismoniy shaxslarning ikkinchi va undan keyingi uy-joy fondi obektlari uchun yuqori stavkadagi soliqlarni joriy qilish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish topshirig‘i berilgan.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid