Rossiya prezidenti Vladimir Putin Yangi yilga belaruslik hamkasbi Aleksandr Lukaşenkodan sovğa sifatida 4 qop “eng yaxşi navdagi” kartoşka oldi.
Lukaşenkoning matbuot kotibi Natalya Eysmontning ma'lum qilişiça, kartoşka “prezident tomorqasida” yetiştirilgan. Uning aytişiça, Lukaşenko avvalgi uçraşuvlaridan birida Putindan Belarusdan unga nima olib kelişi mumkinligi haqida qiziqqan. Putin bunga javoban “Belarusdan yana nima ham söraş mumkin? Kartoşka va salo-da”, deb javob qaytargan.
Eysmontning ta'kidlaşiça, Belarus rahbari Putinga turliça usulda tayyorlaş uçun turli navdagi 4 qop kartoşka olib kelgan.
“Prezident tomorqasidan eng yaxşi, super navdagi kartoşka”, deb aytgan Eysmont.
Lukaşenko Rossiyaga avvalgi safari vaqtida rossiyalik hamkasbiga salo sovğa qilgandi.
Lukaşenko joriy haftada Putin bilan ikki marta – 25 va 29 dekabrda uçraşdi. Ikki davlat yetakçisi Ittifoqdoş davlat taşkil etiş töğrisidagi kelişuvni va soliq manyovrlarini muhokama qilişgan.












