31 dekabrda AQŞning YuNeSKOdan çiqiş qarori kuçga kiradi. Bu qaror haqida 2017 yil oktyabrda e'lon qilingandi.   

Endi AQŞ xalqaro taşkilotda kuzatuvçi bölib qoladi. AQŞ 2011 yildan beri YuNeSKOga badal tölamay kelgan. Hozirda Vaşingtonning tölanmagan badallar böyiça qarzi 500 mln dollardan oşib ketgan.

1984 yilda ham sobiq prezident Ronald Reygan ma'muriyati uşbu taşkilotni “aksilamerikalik va isrofgarçilikda” ayblab uni tark etgandi. AQŞ taşkilotga 2003 yilda qaytgan. AQŞning hozirgi qaroriga arab-isroil mojarosidagi ziddiyatlar sabab bölgan.

AQŞ taşkilotni tark etişi bilan butunjahon merosi qömitasiga saylaniş imkoniyatidan mahrum böladi. Bu qömita moliyaviy yordamning taqsimlanişi va qanday obektlar YuNeSKO butunjahon merosi röyxatiga kiritilişini hal qiliş bilan şuğullanadi.