Lionel Messi 2018 yilning eng yaxşi töpurari böldi. «Barselona» va Argentina terma jamoasi safida u barça turnirlar doirasidagi 54 öyinda 51 gol urişga erişdi. Bundan avval ham u 3 marta yilning eng yaxşi töpurari bölgandi: 2010 yilda (60 gol), 2012 yilda (91) va 2016 yilda (59).

Ikkinçi örinni Kriştianu Ronaldu band etgan. U yakunlanayotgan yilda «Real», «Yuventus» va Portugaliya terma jamoasi safida jami 53 öyinda maydonga tuşib, 49 marta raqiblar darvozasini işğol etgan.

Qayd etiş kerakki, uşbu röyxatdan mitti davlat vakili ham örin olgan. David Tyurpel «Dyudelanj» va Lyuksemburg terma jamoasi öyinlarida 40 gol urgan, u buning uçun 49 öyinda maydonda harakat qilgan.

Yil töpurarlarining top-sakkizligi quyidagiça köriniş olgan:
1. Lionel Messi («Barselona», Argentina) - 51 gol (54 öyin)

2. Kriştianu Ronaldu («Real»/«Yuventus», Portugaliya) - 49 (53)

3. Robert Levandovski («Bavariya», Polşa) - 46 (56)

4. Muhammad Saloh («Liverpul», Misr) - 44 (55)

5. Harri Keyn («Tottenhem», Angliya) - 42 (63)

6. David Tyurpel («Dyudelanj», Lyuksemburg) - 40 (49)

7. Antuan Grizmann («Atletiko», Fransiya) - 40 (71)

8. Luis Suares («Barselona», Urugvay) - 37 (60)