2019 yil 1 yanvardan boşlab, yillik oboroti 1 milliard sömdan oşgan yuridik şaxslar qöşilgan qiymat soliğini (QQS) tölaydilar. Davlat soliq qömitasining matbuot xizmati QQS böyiça eng köp berilgan savollarga javoblarni taqdim qildi.

1. Korxona 2018 yilda 1 mlrd. sömdan ortiq oborot qilgan va qöşilgan qiymat soliğiga ötiş yuzasidan xabarnoma olgan, lekin uşbu korxona 2019 yilda 1 mlrd. sömdan kam oborot qilsa keyinçalik soliqlar qaysi tartibda tölanadi?

Uşbu korxona 2019 yil davomida umumbelgilangan tartibda soliq tölaşi lozim böladi. Agar 2019 yilda korxona 1 mlrd. sömdan kam oborot qilsa uning soliq soliş rejimi 2020 yilda qayta körib çiqiladi.

2. Korxonaning şaxsiy kabinetiga umumbelgilangan tartibda soliqlarni şu jumladan qöşilgan qiymat soliği tölaşga ötiş uçun kelib tuşgan xabarnoma haqida ma'lumot bering.

Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 iyundagi PF-5468-sonli farmoniga asosan, 2019 yil 1 yanvardan boşlab ötgan yil yakunlari böyiça yillik oboroti (tuşumi) 1 milliard sömdan oşgan yoki yil davomida belgilangan çegaraviy miqdorga yetgan korxonalarni umumbelgilangan soliqlarni tölaşga, jumladan, QQS tölaşga ötkaziş belgilanganidan kelib çiqib, uşbu xabarnoma soliq majburiyatlarini bajarilişi yuzasidan manzilli maslahat xizmatlarini körsatiş maqsadida yuborilgan.

3. Korxonaning şaxsiy kabinetiga umumbelgilangan tartibda soliqlarni tölaşga ötiş yuzasidan yuborilgan xabarnoma qabul qilinganidan söng, qöşilgan qiymat soliği tölovçisi sifatida röyxatdan ötiş uçun ariza qanday tartibda jönatiladi?

Xabarnomada QQS tölovçisi sifatida röyxatdan ötiş uçun ariza şakliga havola qöyilgan bölib, uşbu havola orqali ariza şakliga ötiladi va rasmiylaştirib yuboriladi. Arizagöy avtomatik tarzda QQS tölovçisi sifatida röyxatdan ötkaziladi va belgilangan şakldagi guvohnoma şaxsiy kabinetga qayta yuboriladi. Şuningdek, QQS tölovçisi sifatida davlat soliq inspeksiyalarida taşkil etilgan “Maslahat xizmatlarini körsatiş” darçalari orqali ham röyxatdan ötiş mumkin.

4. Korxona bir neçta faoliyat turlari bilan şuğullansa va har bir faoliyat turi böyiça yalpi tuşumi 1 mlrd. sömdan kam miqdorni taşkil qilsa şaxsiy kabinetiga xabarnoma keladimi?

Korxonaning yillik aylanmasi barça faoliyat turlari böyiça umumiy tarzda aniqlanadi. Agarda korxonaning umumiy yillik aylanmasi belgilangan miqdorga yetsa, ya'ni 1 mlrd. sömdan oşganda korxona umumbelgilangan soliqlarni tölaşga ötişi lozim böladi, bunda korxonaning şaxsiy kabinetiga xabarnoma kelganligi yoki kelmaganligi ahamiyatga ega emas.