Bugun, 2019 yil 1 yanvardan boşlab bir qator qonun hujjatlari va ulardagi normalar kuçga kirdi. Ularning ayrimlari bilan quyida qisqaça taniştirib ötamiz.
1. Qonunçilik palatasi tomonidan 2018 yil 12 iyunda qabul qilingan, Senat tomonidan 2018 yil 28 iyunda ma'qullangan va Prezident tomonidan 2018 yil 3 iyul kuni imzolangan Özbekiston Respublikasi “Mediatsiya töğrisida”gi qonuni kuçga kirdi.

Eslatib ötamiz, mediatsiya – kelib çiqqan nizoni taraflar özaro maqbul qarorga erişişi uçun ularning ixtiyoriy roziligi asosida mediator kömagida hal qiliş usulidir.
2. Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 apreldagi “Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillaştirişga doir taşkiliy çora-tadbirlar töğrisida” PQ-3666-son qaroriga muvofiq 2019 yil 1 yanvardan Özbekiston Respublikasi hududida 1993 yil 17 iyungaça qabul qilingan va Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligida röyxatdan ötmagan umummajburiy idoraviy hujjatlar, şu jumladan sobiq SSSRning idoraviy hujjatlari öz kuçini yöqotadi.
Ma'lumotlarga köra, sobiq ittifoq davrida qabul qilingan va bugunga qadar amalda bölib kelgan 170 dan ortiq hujjatlar mavjud.
3. Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 18 maydagi “Maişiy çiqindilar bilan boğliq işlarni amalga oşiriş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi PQ-3730-son qaroriga muvofiq 2019 yil 1 yanvardan boşlab polimer plyonkali paketlarni bepul beriş, ularning narxini tovarlar narxiga qöşiş, şuningdek, ularni öz tannarxidan past narxlarda sotiş, qalinligi 40 mikrondan kam bölgan polimer plyonkali paketlarni işlab çiqariş, polimer plyonkali paketlarni olib kiriş taqiqlanadi.

4. Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xususiy tadbirkorlar yuridik şaxs taşkil etmasdan şuğullanişi mumkin bölgan faoliyat turlari röyxatini tasdiqlaş töğrisida”gi qaroriga (07.01.2011 №6) 2018 yil












