«Yuventus» hujumçisi Kriştianu Ronaldu individual sovrinlarini jamoaviy yutuqlardan ustun qöymasligini aytib ötdi.

«Şaxsiy mukofotlarga haddan ortiq berilib ketgan futbolçi emasman. Muhimi – jamoa ğalabasiga yordam beriş. Qolgan barçasi tabiiy ketma-ketlikda röy beradi.

Rekordlar örnatişim borasida ham xuddi şunday fikrdaman. Men öz öyinimimni yaxşilab borganim sayin rekordlar öz-özidan yuzaga keladi, bunga katta ahamiyat qaratmayman», – dedi Ronaldu Record bilan suhbatda.

Portugaliyalik hujumçi «Yuventus»ning Çempionlar ligasida ğolib çiqişi ehtimoli haqida ham gapirib ötgan.

«Butun jamoa texnik, taktik va jismoniy jihatdan ösişga erişdi. Ğalaba qozoniş qiyinlaşib bormoqda, şuning uçun ham yuqori darajamni saqlab turiş uçun yana ham qattiqroq mehnat qilişim kerak.

Çempionlar ligasida ğolib çiqişimiz juda çiroyli çiqqan bölardi, bundan xursand bölişim tayin. Ammo ğolib çiqa olmasak ham, bu hayotning poyoni degani emas», – dedi Ronaldu.

Eslatib ötamiz, 7-raqam egasi 2018 yildagi sönggi öyinida dubl qayd etib, «Yuventus»ning «Sampdoriya»ni mağlub etişiga (2:1) katta hissa qöşdi va 19 öyinda urgan 14ta goli bilan A Seriya töpurariga aylanib oldi.