Qaror loyihasi: turar joy egalari o‘z uyini sayyohlarga ijaraga berishi mumkin
O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasiga qo‘yilgan "Ayrim turdagi inshootlarni vaqtinchalik yashash uchun berish tartibini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasiga ko‘ra, 2019 yilning 1 yanvaridan «emehmon.uz» yagona elektron tizimida ro‘yxatdan o‘tgan turar-joy egalari o‘z inshootlarini qisqa muddatli ijara shartnomasiga muvofiq 30 kungacha muddatga elektron shaklda notarial tasdiqlovsiz va soliq organlarida qayd etmagan holda ijaraga berish huquqiga ega bo‘lishi mumkin.
30 kungacha, lekin bir yilda 60 kundan oshmagan muddat uchun ijaraga turar-joy inshootini taqdim etuvchi kishilar hech qanday qaydnomasiz tadbirkorlik sub'yekti sifatida sayyohlarga joylashuv xizmatlarini ko‘rsatishlari mumkin.
30 kungacha, ammo yiliga 60 kundan ortiq muddat uchun ijaraga turar-joy inshootini taqdim etuvchi mulkdorlar tadbirkorlik sub'yekti sifatida ro‘yxatdan o‘tishi va ijaraga taqdim etilayotgan turar-joydan qonunchilik bilan belgilangan tartibda joylashuv vositasi sifatida foydalanishi shart.
Ijaraga berilayotgan turar-joy inshootlari soddalashtirilgan tartibda, turar-joy inshootlari ijarasi shartnomalari hisobga olingan yagona reyestrga kiritish yo‘li bilan sertifikatsiya qilinadi.
Turistik yig‘im uchun javobgarlik sayyohlarni qabul qiluvchi va (yoki) turar-joy inshootiga vaqtinchalik joylashtiruvchi shaxslar zimmasiga yuklanadi.
Hujjatning to‘liq matni bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin: https://regulation.gov.uz/uz/document/1197
Tavsiya etamiz
“Chorsu”da 4 ming, “Farhod”da 10 ming – kartoshka narxlari qanday tebranyapti?
Iqtisodiyot | 11:21 / 23.01.2025
"Husanov tezroq ingliz tilini o‘rganishiga umid qilaman. Uning jismoniy ko‘rsatkichlari ajoyib" – Gvardiola Abduqodir Husanov haqida
Sport | 23:12 / 22.01.2025
Katanets ketdi. U O‘zbekistonni JChga yaqinlashtirgandi
Sport | 21:24 / 22.01.2025
“Ingliz tili katta imkoniyatlar eshigini ochishini erta tushunganman” - Harvard universitetiga 100 foizlik grant yutgan farg‘onalik yigit hikoyasi
Jamiyat | 17:17 / 22.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
BMT bosh kotibi 2025 yildagi asosiy tahdidlarni sanadi
Jahon | 21:11 / 22.01.2025
-
Shanxayda odamsimon robotlarni tayyorlaydigan baza ochildi
Fan-texnika | 00:09
-
Luvr direktori muzeyning avariyaviy holatda ekanidan shikoyat qildi
Jahon | 00:00
-
Avstriyada milliarder Rene Benko hibsga olindi
Jahon | 23:05 / 23.01.2025
Mavzuga oid
19:33 / 23.01.2025
Shakarob dunyoning eng yomon taomlari reytingiga kiritildi
18:15 / 17.01.2025
Turkiyada soxta oltinning yangi turi tarqaldi
11:50 / 17.01.2025
O‘quv muassasalari oshxonalari E-auksion orqali ijaraga beriladi
11:18 / 16.01.2025