Iqtisodiyot | 08:42 / 02.01.2019
8138
3 daqiqa o‘qiladi
Elektr tarmog‘i xo‘jaligi obektlari muhofaza zonalarida qator harakatlarni sodir etish taqiqlandi
Elektr tarmog‘i xo‘jaligi obektlarini muhofaza qilish, shuningdek, qizil liniyalarga tutashgan zonalarda va obektlarning muhofaza zonalarida obektlar qurilishidagi mezonlar va cheklashlarni aniqlash tartibini tartibga soluvchi talablarni aktuallashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan elektr tarmog‘i xo‘jaligi obektlarini muhofaza qilish qoidalari tasdiqlandi.
Muhofaza zonalarida quyidagi harakatlarni sodir etish taqiqlandi:
- elektr uzatish simlariga va tayanchlariga begona predmetlarni tashlash, elektr uzatish havo liniyalari tayanchlariga ko‘tarilish;
- elektr tarmog‘i xo‘jaligi obektlariga yurib o‘tish va transportda o‘tish joylariga obektlarni, predmetlarni joylashtirish;
- taqsimlash qurilmalari va podstansiyalarning to‘silgan hududida bo‘lish, taqsimlash qurilmalari va podstansiyalarning eshiklari va lyuklarini ochish, o‘chirib-yoqishlarni va elektr tarmoqlarga ulash;
- bolalar va sport maydonchalarini, stadionlarni, bozorlarni, savdo shoxobchalarini, dala shiyponlarini, mollar uchun qo‘ralarni, har qanday turdagi mashina va mexanizmlar uchun garajlar va turar joylarni joylashtirish;
- axlatxonalarni joylashtirish;
- zarba beruvchi mexanizmlar bilan ishlarni amalga oshirish, massasi 5 tonnadan ortiq og‘irliklarni tashlash.
- Ixtiyorida elektr tarmog‘i xo‘jaligi obektlari bo‘lgan korxonaning yozma roziligisiz elektr tarmog‘i xo‘jaligi obektlarining muhofaza zonalari doirasida yuridik va jismoniy shaxslar uchun quyidagilar taqiqlandi:
- har qanday bino va inshootlarni qurish, mukammal ta'mirlash, rekonstruksiya qilish yoki buzish;
- har qanday turdagi kon, portlatish, melioratsiya, shu jumladan yerga vaqtinchalik suv bostirish bilan bog‘lik ishlarni amalga oshirish;
- daraxtlar hamda butalarni ekish va kesish;
- suv havzasi tubini chuqurlashtirish, tuproqni kavlab olish va ortish-tushirish ishlari, baliq va boshqa suv jonivorlarini suv osti changaklari bilan tutish, suv o‘simliklarini chiqarib olish;
- umumiy balandligi yo‘lning sathidan 4,5 metrdan ortiq bo‘lgan mashina va mexanizmlarning o‘tishi;
- 0,3 metrdan ortiq chuqurlikda, shudgorlanadigan yerlarda esa 0,45 metrdan ortiq chuqurlikda qazish ishlarini amalga oshirish, shuningdek tuproqni tekislash;
- agar suv oqimi balandligi 3 metrdan ortiq bo‘lishi mumkin bo‘lsa - qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sug‘orish.
Mavzuga oid
19:56 / 29.12.2018
Elektr tarmog‘i xo‘jaligi obektlarini muhofaza qilish qoidalari tasdiqlandi
16:49 / 12.10.2018
2019 yilning 1 yanvaridan tabiiy muhit ifloslantirilgani uchun kompensatsiya to‘lovlari qo‘llanadi
10:53 / 23.12.2017
Fuqaro muhofazasi instituti huzurida idoralararo kengash tashkil etildi
15:10 / 31.05.2017