Vazirlar Mahkamasining “Iste'molchilarni elektr tarmoqlariga ulanishi bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma'muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 31 martdagi 256-son qarori bilan tasdiqlangan Yuridik va jismoniy shaxslarni elektr tarmoqlariga ulash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma'muriy reglamenti yangi tahrirda tasdiqlanadi.
Qayd etilishicha:
Reglamentga muvofiq iste'molchilarni elektr tarmoqlariga ulash bosqichlari ulangan quvvati 50 kilovattgacha bo‘lgan iste'molchilarda to‘rttadan bittaga va 50 kilovattdan yuqori iste'molchilarda to‘rttadan ikkitaga tushirilgan;
ulangan quvvati 50 kilovattgacha bo‘lgan iste'molchilarni tarmoqqa ulash uchun “Oferta” imzolash orqali 1 marotabalik to‘lovni amalga oshirish mexanizmi joriy etiladi;
iste'molchilarni elektr tarmoqlariga ulashning barcha bosqichlari to‘liq raqamlashtirilgan holda “ELEKTR” dasturiy ta'minoti (Onlayn platforma) orqali amalga oshiriladi;
Onlayn platformani ishlab chiqish uchun mahalliy dasturchilar, shu jumladan “IT Park Uzbekistan” rezidentlari o‘rtasida konkurs tanlovlari o‘tkazilmoqda.
Belgilanishicha:
2020 yil 1 dekabrdan boshlab Reglamentga muvofiq yuridik va jismoniy shaxslarni elektr tarmoqlariga ulash davlat xizmatlari markazlari, yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (YaIDXP) va Onlayn platforma orqali amalga oshiriladi;
2020 yil 15 noyabrgacha elektr tarmoqlariga ulanish bo‘yicha davlat xizmatlari markazlari yoki YaIDXP orqali tuzilgan shartnomalar bo‘yicha faqat boshlang‘ich to‘lovi o‘tkazilgan yoki tegishli qurilish va loyihalash ishlari boshlangan obektlar amaldagi tartib bo‘yicha elektr tarmoqlariga ulanishi ta'minlanadi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatga asosan yangi iste'molchilarni tarmoqqa ulash uchun 1 marotabalik to‘lov budjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Adliya vazirligi, Qurilish vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Reglament talablaridan kelib chiqib:
















