«Borussiya D» yarimhimoyaçisi Kristian Pulişiç yozda «Çelsi» safiga borib qöşiladi. Uşbu ma'lumotni har ikkala klub ham rasman tasdiqladi.
Ma'lum qilinişiça, klublarning özaro kelişuviga asosan 20 yoşli xavbek mavsum oxiriga qadar «Borussiya»da ijara asosida töp suradigan böldi.
Rasmiy xabarga köra, londonliklar Pulişiç uçun 64 mln yevro tölaydigan bölgan, öz navbatida nemislar uni bepul asosda yarim yilga ijaraga olişgan.
«Kristian doimo APLda töp surişni orzu qilardi. Bu uning amerikalik ekani bilan ham boğliq. Natijada biz u bilan şartnomani uzaytira olmadik», – deb aytgan «Borussiya» sport direktori Mixael Tsork.
Pulişiçning «sariqlar» bilan bitimi 2020 yil yozida nihoyasiga yetişi kerak edi.
AQŞ terma jamoasi a'zosi hisoblanuvçi Kristian «Borussiya D» akademiyasiga 2015 yilda qabul qilingan. U klubning ösmirlar va yoşlar jamoasida töp surib, 2016 yilda Bundesligada debyut qilgan; asosiy jamoada yuzdan ortiq öyinlarda maydonga tuşgan. 2016/17 yillar mavsumidan e'tiboran Pulişiç dortmundliklarning asosiy tarkib a'zosi bölib kelmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq «köklar» boş murabbiyi Mauritsio Sarri jamoaga vinger kerakligi haqida gapirgan edi. Pulişiç ayni şu pozitsiyada töp suradi: u ham öng, ham çap qanot vingeri yoxud hujumçi ortidagi futbolçi sifatida öynay oladi.
«Batşuayi va Abrahamning qaytişi varianti? Yöq, çunki qöl ostimdagilardan Azar ham markaziy hujumçi rolini bajarişi mumkin. Bu pozitsiyada öynay oladigan Morata va Azar bor, buni oxirgi 2-3ta öyinda kuzatdik. Şunday ekan, hozir menga yana bir hujumçining keragi yöq. Ehtimol, vinger kerakdir, çunki Pedro, Hadson-Odoi va Loftus-Çikda jarohat bor. Hozir vinger pozitsiyasida tanlovim qolmagan», – degan Sarrining sözlarini keltirgandi The Telegraph.












