08:39 / 02.01.2019
4457

Tramp bir yilda qancha tvit qoldirgani hisoblab chiqildi

Foto: AP

AQSh prezidenti Donald Tramp 2018 yilda tvitterda uch ming marta yozgan, deb xabar bermoqda The Hill.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar prezidenti 2860ta post, shu jumladan, retvitlar qoldirgan. Ta'kidlanishicha, u 139 marotaba «jodugarlarga ov» iborasini ishlatgan - Tramp maxsus prokuror Robert Myuller tomonidan AQShdagi saylovlarga Rossiya aralashuvi yuzasidan olib borilayotgan surishtiruvni shunday ataydi. 

Bundan tashqari, Donald Tramp 193 marta «feyk yangiliklar»ni tilga olgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp 2018 yilni «tarixiy yutuqlar» yili deb atagandi.

Mavzuga oid
Top