WhatsApp messenjeri eskirgan operatsion tizimlarda işlaşdan töxtaydi.

Ilova rasmiy saytida xabar berilişiça, 1 yanvardan boşlab Nokia S40 operatsiya tizimli qurilmalarni qöllab-quvvatlaş töxtatildi. Bir yildan söng, 2020 yil fevralida messenjer 2.3.7 va undan yuqori versiyadagi Android qurilmalarda, şuningdek, iOS 7’da işlaşni töxtatadi.

Messenjer har yili şunday «tozalaşni» amalga oşiradi. Ötgan yili u Windows Phone 8.0, BlackBerry OS va BlackBerry 10’da işlaşdan töxtadi. Undan avval - Nokia Symbian S60’da.

WhatsApp messenjeriga aslida Mark Tsukerbergning Facebook kompaniyasi egalik qiladi.

2019 yildan boşlab ilova zaiflaşgan şifrlaş bilan işlaydi. Bu qaror Amerika hukumati talablariga boğliq.

Bundan taşqari, WhatsApp’da yaqinda reklama paydo böladi, şunda kompaniya ommabop messenjerdan foyda ola boşlaydi.