Sizni yötal, şamollaş, doimiy çarçoq bezovta qilsa, kundalik sayrlar yoki haftasiga bir neça marta oddiy jismoniy maşqlar özingizni yaxşi his qilişingizga kömak beradi.
Jismoniy faollik nafaqat immun tizimiga bakterial va virus infeksiyalariga qarşi kuraşda yordam beradi, balki yurak kasalliklari, osteoporoz va saraton kasalliklarining rivojlaniş xavfini pasaytiradi, deyiladi zdorovieinfo.ru saytida.
Jismoniy faollik qanday qilib kasalliklarga qarşi kuraşni kuçaytirişi hozirça noma'lum. Bu borada bir neça nazariya mavjud:
· Jismoniy maşqlarni bajarişda nafas yöllari mikroorganizmlardan tozalanadi. Bunda gripp, şamollaş va havo-tomçi yöli orqali yuquvçi boşqa kasalliklar xavfi kamayadi. Bundan taşqari, jismoniy maşqlar ajraluvçi tizimlar (peşob, ter) faolligini kuçaytiradi va bu organizmning kanserogenlardan tozalanişiga turtki beradi.
· Jismoniy faollik davomida organizmdagi barça jarayonlar, şu jumladan immun tizimi faoliyati ham faollaşadi. Organizmni infeksiyalardan himoyalovçi leykotsitlar va antijismlar tezroq harakatlanib, kasalliklarni boşlanğiç bosqiçidayoq aniqlay boşlaydi.
· Jismoniy faollikda tana harorati biroz oşadi. Bu bakteriyalar köpayişining oldini olib, organizmga infeksiyalarga qarşi yanada samarali kuraşiş imkonini beradi.
· Jismoniy maşqlar kasalliklar xavfini oşiruvçi stress gormoni ajralişini kamaytiradi.
Jismoniy faollikning soğlomlaştiruvçi ta'siriga qaramay, me'yor haqida unutmaslik kerak. Immunitetingizni mustahkamlaş uçun özingizni haddan ziyod qiynamang. Aslida oğir va davomli jismoniy maşqlar immun tizimiga qarama-qarşi ta'sir körsatadi.
Tadqiqotlarga köra, soğliq uçun eng foydalisi - kamharakat hayot tarzidan me'yoriy turmuş tarziga ötiş. Jismoniy faollikning bunday dasturi quyidagilarni öz içiga olişi mumkin:
· Haftada bir neça marta bolalar bilan velosipedda sayr qiliş;
· Kundalik 20-30 daqiqalik piyoda sayrlar;
· Kun ora sport zalida şuğullaniş;
· Muntazam ravişda tennis öynaş.
Bundan taşqari, jismoniy faollik insonning özini yanada yaxşiroq his qilişiga olib keladi, maşqlarni bajariş davomida siz kuç-quvvatga tölayotganingizni sezasiz. Şunday ekan, aerobikaga yoziliş yoki şunçaki sayrga çiqiş kerak. Şundagina özingizni soğlom va kuç-ğayratga tölgan his qilasiz!












