«MYu» boş murabbiyi Ole-Gunnar Sulşer mavsum yakunida klubni tark etişni istamayotgani haqida aytib ötdi.
«Albatta, «Mançester Yunayted»dan ketgim kelmayapti. Jamoada ajoyib futbolçilar yiğilgan, bu yerdagi muhitga gap bölişi mumkin emas. Hozirça şu yerda ekanman, öz işimni qilişda davom etaman.
Törtta öyinda ğalaba qozona oldikmi, demak yana törttasida ham ğolib çiqa olamiz. Biz bilgan sinovlar va standartlar ana şunday», – degan Sulşerning sözlarini keltirmoqda Daily Mail.
Eslatib ötamiz, «qizil iblislar» norveg mutaxassisi qöl ostidagi dastlabki tört öyinning barçasida ğalaba qozondi, umumiy 14:3 töplar nisbatini qayd etdi.
Mankunianliklar keyingi turda 13 yanvar kuni «Tottenhem» mehmoni bölişadi. Ungaça jamoa Angliya Kubogi doirasida 5 yanvar kuni «Riding»ni qabul qiladi.












