Bugun, 4 yanvar kuni Toşkentdagi «Özbekiston» sport-soğlomlaştiriş majmuasida qöl jangi böyiça Özbekiston Qurolli Kuçlari oçiq çempionatiga start berildi.

Ikki kun davom etadigan mazkur çempionat Prezidentning «Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlari taşkil etilganligining 27 yilligi hamda Vatan himoyaçilari kunini nişonlaşga tayyorgarlik köriş va ötkaziş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmoyişi ijrosini ta'minlaş maqsadida ötkazilmoqda.

Çempionatda mamlakat Qurolli Kuçlari vazirlik va idoralarining sakkizta jamoasi özaro kuç sinaşmoqda.

Mudofaa, Içki işlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Davlat bojxona qömitasi, Milliy gvardiya tasarrufidagi «Dinamo» jismoniy tarbiya va sport jamiyati qöl jangi ustalari ğoliblik uçun bahsga kirişdi.

Musobaqa 7ta — -65 kg, -70 kg, - 75 kg, - 80 kg, - 85 kg, - 90 kg, hamda 90 kilogrammdan yuqori vazn toifasida taşkil etildi.

Dastlabki saralaş va yarim final bahslari natjalariga köra, -70 kg hamda 90 kilogrammdan yuqori bölgan vazn toifasida kuraş olib borgan Mudofaa vazirligi Sport klubining ikki nafar sportçisi final yöllanmasini qölga kiritdi.

Final janglari hamda ğolib va sovrindorlarni taqdirlaş marosimi ertaga ötkaziladi.