Turkiya prezidenti Rajab Toyyip Erdöğan mart oyidan söng Istanbulda Afğoniston-Pokiston-Turkiya sammiti ötkazilişini ma'lum qildi.

"Turkiyada 31 martda ötkazilişi rejalaştirilgan mahalliy saylovlardan söng Istanbulda Afğoniston-Pokiston-Turkiya uç tomonlama sammiti bölib ötadi", dedi Erdöğan Pokiston boş vaziri Imron Xon bilan bölib ötgan qöşma matbuot anjumanida.

Öz navbatida, Pokiston boş vaziri bölajak sammit muvaffaqiyatli ötişiga umid bildirdi.

"Pokiston va Turkiya sammit tinçlik jarayoniga hissa qöşişiga umid qilmoqda. Afğoniston xalqi 30 yildan ortiq vaqt davomida azob çekmoqda. Xalqaro jamiyat va afğon zaminiga tinçlik olib kela oladigan barça unga yordam berişi lozim", dedi Xon.