Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Harbiy xizmatni o‘tagan abituriyentlarga alohida kvotalar ajratiladi
O‘zbekistonda harbiy xizmatni o‘tagan abituriyentlarga alohida kvotalar ajratiladi va shu kvota doirasida test sinovlari o‘tkaziladi. Bu haqda 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi loyihasida aytilgan.
Qayd etilishicha, tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqiladi. Loyihada:
harbiy xizmatni o‘tagan abituriyentlarga tegishli o‘quv yili uchun tasdiqlanadigan oliy ta'lim muassasalariga qabul kvotalari doirasida alohida kvotalar ajratish
va test sinovlarini o‘tkazish;
harbiy qism komandirining tavsiyanomasi faqat harbiy oliygohlar uchun imtiyozga ega bo‘lishi nazarda tutiladi.
Bajarish muddati - 2019 yil 1 may, ijro uchun mas'ullar - Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, Davlat test markazi, Mudofaa vazirligi, DXX, Milliy gvardiya.
Shuningdek, umumiy ta'lim, o‘rta maxsus va oliy ta'lim muassasalarining moddiy-texnika bazasi mustahkamlanadi va ilmiy-o‘quv jarayoni sifati tubdan yaxshilanadi.
Bu borada 2019 yilga mo‘ljallangan Investitsiya dasturi doirasida amalga oshiriladigan loyihalarning tarmoq jadvallari tayyorlanadi. Bunda Investitsiya dasturlariga kiritilgan ta'lim muassasalari obektlari bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertizadan o‘tkazish, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish choralari nazarda tutiladi.
Bajarish muddati - yil davomida, ijro uchun mas'ullar - Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Qurilish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt tizimi joriy etilishi mumkin ekani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
21:47 / 06.04.2026
Harbiy xizmatchilar uchun oliygohga o‘qishga kirib, masofaviy ta’lim olish imkoniyati yaratiladi
19:05 / 31.03.2026
Talaba qizlarga harbiy tayyorgarlikdan o‘tish huquqi kafolatlanishi mumkin
17:16 / 24.01.2026
O‘zbekistonda pedofiliya uchun umrbod ozodlikdan mahrum etishgacha bo‘lgan jazo belgilanishi kutilmoqda
16:50 / 19.01.2026