Mamlakatning mudofaa qobiliyati mustahkamlanadi, Qurolli Kuçlarning jangovar qudrati oşiriladi. Bu haqda 2017-2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlaniş yili”da amalga oşirişga oid Davlat dasturi loyihasida aytilgan.

Qayd etilişiça, tegişli kompleks çora-tadbirlar dasturi işlab çiqiladi. Dasturda:

davlat harbiy xavfsizligini ta'minlaş böyiça yangi qonun hujjatlarini hisobga olgan holda Qurolli Kuçlarni qöllaşni rejalaştirişning normativ-huquqiy asoslarini yangilaş;

Qurolli Kuçlar jangovar tarkibi va tuzilişi sifat körsatkiçlarini takomillaştiriş;

harbiy kadrlarni öqitiş va qayta tayyorlaş, harbiy xizmatçilarning professional tayyorgarligini taşkillaştirişning innovatsion yondaşuvlarini işlab çiqiş;

Qurolli Kuçlar milliy ruhini yuksaltiriş, askar va ofitserlarni jismoniy va ma'naviy jihatdan barkamol etib tarbiyalaş tizimini takomillaştiriş;

mamlakat mudofaasini boşqariş milliy markazini yaratiş va faoliyatini ta'minlaş;

ilğor axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida qöşinlarni boşqariş tartibini takomillaştiriş;

qöşinlarni 2018-2021 yillarda zamonaviy qurol-aslaha va harbiy texnikalar bilan ta'minlaş, ularni modernizatsiya qiliş va ta'mirlaş böyiça kompleks dasturni sifatli ijro etiş;

davlat mudofaa buyurtmasi va mudofaaga möljallangan mahsulotlarni işlab çiqarişni taşkillaştiriş sohasida yagona davlat siyosatini olib boriş nazarda tutiladi.

Bajariş muddati - 2019 yil 10 aprel, ijro uçun mas'ullar - Mudofaa vazirligi, DXX,  Mudofaa sanoati davlat qömitasi, FVV, Milliy gvardiya, Davlat bojxona qömitasi, vazirlik va idoralar.