Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentga yana 48 ta yangi avtobus keltiriladi

Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati
“Toshshahartransxizmat” AJga qarashli avtosaroylardagi avtobuslar tarkibini yangilash maqsadida O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan katta sig‘imdagi “MAN” hamda o‘rta sig‘imli “SAZ LE 60” avtobuslari bosqichma-bosqich keltirilmoqda, deb xabar beradi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.
Bugungi kunga qadar yo‘lovchilar uchun zarur qulayliklarga ega 40 ta “MAN” va 58 ta “SAZ LE 60” avtobuslari keltirilgan edi. Ayni kunlarda esa yana 14 ta “SAZ LE 60” rusumli avtobuslar yetkazildi.
Qayd etilishicha, joriy yilning yanvar va fevral oylarida 20 tadan “MAN” hamda 8 ta “SAZ LE 60” rusumli jami 48 ta yangi avtobuslar keltiriladi.
“Istiqbolda bu kabi harakat tarkibining yangilanish jarayonlari davom etishi ko‘zda tutilgan”, - deyiladi xabarda.
Mavzuga oid

08:35 / 18.08.2025
Toshkent shahri va viloyatida zilzila yuz berdi

07:41 / 18.08.2025
Toshkentda «Chilonzor» metro bekati yaqinidagi ko‘cha vaqtincha yopiladi

09:35 / 17.08.2025
Issiq suvning “kuydiradigan” tannarxi, arzon Ai-92 va’dasi va raqamlashadigan YaTTlar - hafta dayjesti

19:32 / 15.08.2025