Amerikalik olim va siyosatçi, AQŞning sobiq mudofaa vaziri Garold Braun 91 yoşda vafot etdi. Bu haqda direktorlar kengaşi tarkibiga Braun kirgan RAND ilmiy-tadqiqot markazi ma'lum qildi.

The New York Times naşrining Braunning qizi Deboraga iqtibos keltirgan holda xabar berişiça, Braun Ranço Santa-Fedagi (Kaliforniya) uyida 4 yanvarda hayotdan köz yumgan. Braunning ölimiga oşqozonosti bezi saratoni sabab bölgan.

Sobiq boş vazir 1927 yilda Nyu-Yorkda tuğilgan. 1965 yildan 1969 yilgaça AQŞ harbiy-havo kuçlari vaziri, 1977-1981 yillarda AQŞning 39-prezidenti Jimmi Karter ma'muriyatida mudofaa vaziri lavozimini egallagan. U AQŞ mudofaa vazirligiga rahbarlik qilgan ilk olim bölgan.

Braun mudofaa vaziri bölgan vaqtda AQŞ va sobiq ittifoq örtasidagi munosabatlar sovuq uruş doirasida keskinlaşgan. Braun 1979 yilda sobiq ittifoq bilan strategik qurollarni çeklaş kelişuvini (OSV-II) tuziş böyiça muzokaralarda faol iştirok etgan. Biroq kelişuv Braunning sa'y-harakatlariga qaramay, AQŞ kongressi tomonidan ratifikatsiya qilinmagan, ammo keyinroq hujumkor qurollarni qisqartiriş haqidagi boşqa kelişuvlarning imzolanişiga asos bölgan.

Şundan keyin Braun Pentagonni tark etib, bir qator ilmiy-tadqiqot markazlarida işlagan. Şuningdek, IBM kompaniyasida rahbarlik lavozimlarini egallagan.

Braun xavfsizlik va milliy manfaatlar himoyasiga qöşgan hissasi uçun AQŞning “Prezident Ozodlik medali” va energiyani örganiş, qöllaş va işlab çiqariş sohasidagi ilmiy va texnik yutuqlar uçun beriladigan “Enriko Fermi mukofoti” bilan mukofotlangan.