Davlat bojxona qo‘mitasi ishga taklif etmoqda
Davlat bojxona qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi prezidentining “Bojxona ma'muriyatchiligini takomillashtirish va O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018 yil 24 noyabrdagi PF-5582-son Farmoniga muvofiq, Toshkent hududidagi bojxona postlarida tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga bojxona yuk deklaratsiyasini to‘ldirish bo‘yicha bepul asosda xizmat ko‘rsatuvchi «front-ofis»ga ishga taklif etmoqda.
«Front-ofis»ga nomzodlar tanlov asosida tanlab olinadi.
Tanlovdan o‘tgan nomzodlar fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida ishga qabul qilinadi hamda ularga ishbay asnoda ish haqi to‘lanadi.
Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:
- O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi;
- o‘rta maxsus yoxud oliy ta'lim muassasalarining diplomiga ega bo‘lishi;
- bojxona qonunchiligiga oid bilimlarga va ularni amaliyotga qo‘llash, shuningdek, tashkiliy texnikalar (kompyuter, skaner, printer
va boshqalar) bilan ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;
- yuklatilgan majburiyatlarni bajarishga qodir bo‘lishi;
- bojxona va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlaridan salbiy asoslar bilan bo‘shatilmagan bo‘lishi kerak.
Talab etiladigan hujjatlar:
1) fuqarolik pasport nusxasi;
2) 086/u shakldagi tibbiy ma'lumotnoma;
3) narkologiya va ruhiy-asab kasalliklari dispanserlari tomonidan berilgan ma'lumotnoma;
4) oxirgi ish joyidan tavsifnoma hamda ma'lumoti to‘g‘risida diplom.
Murojaat uchun manzillar:
Toshkent shahar bojxona boshqarmasi: Toshkent shahri, Bunyodkor shoh ko‘chasi 35, tel.: 71-120-76-76;
Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo‘li ko‘chasi 90-uy, tel.: 71-120-86-10;
“Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi: Toshkent shahri, Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroporti, tel.: 71-120-86-30.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq davlat bojxona xizmati organlarida «front-ofis» faoliyati tashkil etilishi xabar berilgandi.
Mavzuga oid
15:53 / 07.11.2024
Yaponiya va Polshaga ishga yuborishni va’da qilgan shaxslar qo‘lga olindi
17:56 / 06.11.2024
Tezkor qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalari bojdan ozod qilindi
12:37 / 05.11.2024
Sirdaryoda buvi va nevara qariyb 7 kg tilla taqinchoqni chegaradan yashirincha olib kirishga urindi
11:30 / 31.10.2024