Hozirgi kunda quloqçinlardan keng foydalaniladi. Uyda, yölda, işxonayu ta'lim maskanlarida, metro va avtobus kabi jamoat transportlarida – xullas, hamma joyda hammabop: yoşlar ham, kattalar ham birday foydalanişi mumkin. Bu elektron jihozning köpgina qulayliklari bilan bir qatorda ba'zi noxuş oqibatlari ham bor. Kun.uz «Soğlom hayot» loyihasi köp uçraydigan kasalliklar haqida foydali ma'lumotlar berişda davom etadi. Şifokor Dilbar Hamidjonova bilan suhbatda quloqçinlarning insonga yetkazadigan zararlari töğrisida söz boradi.

Dilbar Hamidjonova, Otolaringolog.

Bugungi kunda iş jarayonimdan kelib çiqib ayta olamanki, quloqçinlarning soğliqqa zararli tomonlari haqida köplab savollar bilan murojaat qilişadi. Quloqçinlarni işlatiş mumkin emas deb bölmaydi. Masalan, yoşlar til örganişda foydalanişadi, ba'zida yoqtirgan narsalarini eşitişadi. Quloqçinlarning foydali jihatlarini inkor etib bölmaydi. Lekin me'yoridan oşib ketsa, judayam köp zararli oqibatlarga olib keladi. Quloqçinlarning asosiy zarari quloqning eşitiş qobiliyati pasayişiga olib keladi.

Video: Tas-IX

Video: YouTube

Quyida quloqçinlarning ba'zi zararlarini sanab ötamiz.

Birinçidan, u e'tiborni buzadi.

Ikkinçidan, eşitişga salbiy ta'sir körsatadi. Ya'ni, eşitişning pasayişiga olib keladi. 

Quloqçinlar quloğimizda bölgan vaqtda kelayotgan tovuş tölqinlarining masofasi qisqaradi. Bu degani quloqçinsiz biz normal holatda havodagi qarşilik bilan quloğimizga yetib kelguniça, uning kuçi pasayadi. Quloqçin taqqanimizda esa masofa qisqarib, ta'siri balandroq, kuçliroq böladi. Natijada, quloq noğora pardasining kuçli tebranişi va toliqişi hisobiga eşitiş qobiliyati susayadi.