Jamoat tartibini saqlaş böyiça faollar 2018 yil davomida Rossiya poytaxtida 4,1 ming donadan ortiqroq maşina taşlab ketilganini qayd qilişdi.

«Moskva» agentligining korrupsiyaga qarşi kuraş hududiy departamentiga tayanib ma'lum qilişiça, bu avtomobillar töğrisidagi ma'lumotlar huquqni muhofaza qiliş taşkilotlariga jönatilgan.

Faollar nafaqat taşlab ketilgan, balki ehtiyot qismlari yeçib olingan avtomobillarni ham nazoratga olişgan.

«Moskva avtomobillar qöyiş joylari ma'muriyati» ma'lumotlariga köra, 2013 yildan buyon maxsus joylarda 5 mingdan ortiq egasiz avtomobillar töplanib yotibdi. Ularning aksariyati yöllardagi turli qoidabuzarliklar tufayli evakuatsiya qilingan va jarimaga tortilgan avtomobillardir. Bunday maşinalarning egalari jarimalarni tölab, öz mulklarini olib ketişdan köra eski maşinalaridan voz keçib qöya qolişni afzal bilişgan.