Omadni köpçilik tasodifga yöyadi. Kimnidir «omadli» ataş – şaxsning tinimsiz mehnati va iqtidorini tan olmaslik, xolos, deb hisoblaydi Hartfordşir universiteti öqituvçisi, psixologiya fanlari professori Riçard Uayzman. U «öz vaqtida, kerakli joyda paydo böliş uçun zarur qobiliyat»lar omadli insonlarda uçraşini ta'kidlaydi. 

Ammo bu insonlarning boşqalardan farqli nimasi bor? Hamma gap «qobiliyat»dami? 

Kaliforniya universiteti sotsiologi Kristina Karter butun faoliyati davomida şu kabi savollarga javob izlagan. Bir neça yillar avval, u baxtli bolalarni tarbiyalaşni istagan ota-onalar uçun onlayn-kurslar taşkil etgandi. U minnatdorlik, özlikni anglaş va baxt tuşunçalarini qobiliyat sifatlariga aylantirib, öquvçilariga örgata olgan. Kristina faoliyati davomida omad tuşunçasiga ham köp duç keladi, har safar bu masalaga u tanqidiy köz bilan qaragan. 

Uayzman tajribasi

Karter mana şu mavzuda keyinroq, Riçard Uayzman işlari bilan tanişadi. Uayzman ilgari közböyamaçi bölib, pul topgandi. Balki, kasbda paydo bölgan qiziqiş tufayli u psixologiyani tanlagandir. Karter ta'rifi bilan aytganda, u 90-yillar söngida «takrorlanmas» tajribani amalga oşirgan. Riçard özini omadli va omadsiz sanagan kişilarni sinovda iştirok etiş uçun taklif etgan. Sinov quyidagiça ötkazildi: yölakda 20 dollar banknot yotardi, özini omadli sanagan şaxslar pul darrov körib, uni çöntakka solgan. Omadsizlar esa beparvo ötib ketavergan. 

Tajriba juda jön va tuşunarsiz körinişi mumkin. Lekin Uayzman 1993 yildan to 2003 yilgaça ötkazgan kiçik tajribalaridan xulosa yasab, «Omad omillari: 4ta asosiy tamoyil» kitobini yozdi. Kitobda keltirilgan, Riçard taşkil qilgan tajribaning muxtasar tarixi quyidagiça:

«Köngilli iştirokçilardan gazetadagi fotolarni sanab çiqiş söraldi. Har sahifaning teng yarmiga esa katta-katta harflar bilan e'lon matni yozilgandi: «Öqişni bas qiling! Gazetada suratlar soni 43ta». Boşqa sahifada esa «Sanamang. E'lon matnini taşkilotçilarga körsating va 250 dollar yutib oling», deb yozilgandi. Özini omadsiz deb bilgan kimsalar suratlarni sanaşda davom etaverdi. Xulosa qiliş mumkinki, omadsizlik aslida e'tiborsizlik bilan çambarças boğliq».