«Mançester Siti» yarimhimoyaçisi Braim Dias faoliyatini «Real»da davom ettiradi. Bu haqda madridliklar klubi rasmiy saytida xabar qilingan.

19 yoşli ispaniyalik futbolçi «qaymoqranglilar» bilan 6 yillik şartnoma imzolaydi. 7 yanvar kuni Dias tibbiy körikdan ötadi va keyin u «Santyago Bernabeu» stadionida «Real»ning yangi futbolçisi sifatida taniştiriladi.

Diasning «Mançester Siti» bilan şartnomasi yozda yakuniga yetar va u erkin agentga aylanişi mumkin edi. Ammo «Real» futbolçini yanvardayoq sotib olişni istadi. Transfer qiymati 15 mln yevroni taşkil etdi, ammo bu qiymat qöşimça bonuslar evaziga yana 7,3 mln yevroga ortişi mumkin.

Dias «Malaga» klubi tarbiyalanuvçisi hisoblanadi. 2013 yilda u «Mançester Siti» akademiyasiga ötkazilgan, 2016 yilda inglizlar jamoasida debyut qilgan. Lekin u joriy mavsumda Angliya çempionatida birorta öyinda iştirok etmadi.