Özbekistonda elektrotexnika mahsulotlari işlab çiqarişda sobiq Ittifoq standartlari qöllanilmoqda. Jahon bozoriga maişiy texnikalarni eksport qiliş uçun esa, xalqaro tan olingan standartlarni qöllaşni joriy qiliş kerak. «Özeltexsanoat» uyuşmasi raisi Alişer Abdullayev OAV vakillari bilan uçraşuvda şunday fikrlarni bildirdi, deb xabar qilmoqda Kun.uz muxbiri.

«Bizda, tan oliş kerak, eski, Sovet ittifoqining çegaralanib qolgan standartlari bilan işlayapmiz. Uzoq çet el davlatlarining standartlari hali bizda qöllanmaydi. Britaniya, AQŞ va YeI standartlari bor. Biz şularni keng joriy qilib, ular asosida işlaşimiz kerak. Biz elektrotexnika mahsulotlarini jahon bozoriga olib çiqib, eksport qilmoqçi bölsak, öşa standartlarni qöllamasdan turib bu maqsadga erişa olmaymiz. Boşqa yöl yöq», - dedi «Özeltexsanoat» uyuşmasi raisi.
















