Bugun, 8 yanvar kuni Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev rahbarligida kun tartibidagi dolzarb masalalar böyiça videoselektor yiğilişi bölib ötmoqda. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar berdi.
Yiğiliş kun tartibidan joriy yilgi investitsiya loyihalarini amalga oşirişni jadallaştiriş masalalari, 2018 yilning yanvar-dekabr oylarida hududlarda eksport prognozining ijrosi yuzasidan amalga oşirilgan işlar samaradorligi va yöl qöyilgan kamçiliklar hamda 2019 yilning eksport prognozi ijrosini ta'minlaş böyiça amalga oşirilişi kerak bölgan birinçi navbatdagi vazifalar örin olgan.
Şuningdek, kiçik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlarini qöllab-quvvatlaş, ularning sonini ikki barobarga oşiriş hamda Özbekiston Prezidentining 2017 yil 17 noyabrdagi «Hunarmandçilikni yanada rivojlantiriş va hunarmandlarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş çora-tadbirlari töğrisida»gi PF-5242 farmoni ijrosi muhokama qilinadi.
Yiğilişda şahar, tuman hokimlari va ularning iqtisodiyot va tadbirkorlikni rivojlantiriş masalalari böyiça hamda qişloq xöjaligi böyiça örinbosarlari, prokurorlar, IIB boşliqlari, DSI boşliqlari, tijorat banklari rahbarlari, sanoat va meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvçi korxonalarning birinçi rahbarlari iştirok etmoqda.












