AQŞning Klivlend-Xayts şahrida (Ogayo ştati) 8 yanvarda AQŞning eng keksa odami va ayoli Lessi Braun vafot etdi. Bu haqda cleveland.com portali ma'lum qildi.
Braunning vafot etganini uning qizi Verlin Uilson tasdiqlagan. Ayolning aytişiça, onasi mahalliy vaqt bilan soat 10.45da öz uyida hayotdan köz yumgan. Avvalroq momoning nabirasi jurnalistlarga buvisining uzoq yaşaşi siri “şirin kartoşka va Yaratganga iymon” ekanini aytgan.
Ayol 1904 yil Atlantada tuğilgan, 18 yoşida Ogayoga köçib ötib, turmuş qurib, 5 farzand körgan.
Marhuma oilasining aytişiça, uning 50 dan köproq zurriyoti bor. U 2018 yil may oyida 113 yoşida AQŞning eng keksa odamiga aylangandi.
2018 yil dekabrida AQŞning eng keksa erkagi va Ikkinçi jahon uruşining eng keksa qatnaşçisi Riçard Overton 112 yoşida vafot etgandi.












