Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jamoat tartibini ta'minlaş mexanizmlarini takomillaştirişga qaratilgan özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisidagi qonun prezident tomonidan imzolandi. Hujjat matni “Xalq sözi”da e'lon qilingan.
Özbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2015–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Özbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksiga quyidagi özgartiş va qöşimçalar kiritildi:
190-modda (Fohişalik bilan şuğullaniş):
birinçi qismining (Fohişalik bilan şuğullaniş — eng kam iş haqining bir baravaridan uç baravarigaça miqdorda jarima solişga sabab böladi) sanksiyasidagi “bir baravaridan uç baravarigaça” degan sözlar “uç baravaridan yetti baravarigaça” degan sözlar bilan almaştirildi;
ikkinçi qismining (Xuddi şunday huquqbuzarlik ma'muriy jazo çorasi qöllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bölsa, — eng kam iş haqining uç baravaridan beş baravarigaça miqdorda jarima solişga sabab böladi) sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etildi:
“eng kam iş haqining yetti baravaridan ön baravarigaça miqdorda jarima solişga yoki ön beş sutkagaça muddatga ma'muriy qamoqqa olişga sabab böladi”.












