Indoneziyaning Jakarta şahrida velotrek böyiça Osiyo çempionati start oldi, deb xabar bermoqda Milliy olimpiya qömitasi. 

Uşbu musobaqada Özbekiston terma jamoasi a'zolari ham iştirok etmoqdalar. Musobaqada yurtimiz şarafini himoya qilayotgan Olga Zabelinskaya guruh poygalarida 70 oçko töpladi va oltin medalni qölga kiritdi. Ikkinçi va uçinçi örinlar mos ravişda Xuan Ting Ing (Tayvan, 22 oçko) va Jan Ying (Xitoy, 15 oçko)ga nasib qildi.

Ma'lumot uçun, uşbu muvaffaqiyat Zabelinskayaga oltin medaldan taşqari, Tokio 2020 Olimpiadasi litsenziyasi uçun lozim bölgan qimmatli reyting oçkolarini ham taqdim etdi.