10:15 / 10.01.2019
8898

«Real» Ispaniya Kubogida ishonchli g‘alabaga erishdi

Foto: Real Madrid C.F

Ispaniya Kubogining 1/8 finalida «Real» «Leganes»ni qabul qildi. «Santyago Bernabeu» stadionida kechgan birinchi uchrashuv maydon egalarining 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

O‘yinning 44-daqiqasida Serxio Ramos «Leganes» darvozasini penaltidan ishg‘ol qildi. Ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida Lukas Vaskes «qaymoqranglilar» ustunligini oshirdi. 77-daqiqada Vinisius Junior o‘yindagi yakuniy hisobni o‘rnatdi.

1/8 final doirasida «Leganes» — «Real» o‘rtasidagi javob uchrashuvi 16 yanvar kuni Leganesdagi «Munisipal de Butarke» stadionida bo‘lib o‘tadi.

Turnirning o‘tgan mavsumdagi g‘olibi «Barselona» hisoblanadi, kataloniyaliklar finalda «Sevilya»ni 5:0 hisobida mag‘lub etishgandi.

Ispaniya Kubogi
1/8 final
Real Madrid – Leganes 3:0 (1:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 44, penalti Ramos, 2:0 – 68 Vaskes, 3:0 – 77 Vinisius Junior.
Real Madrid – Navas, Nacho, Regilon, Odriosola, Ramos, Sebalos, Kazemiro, Vaskes (Isko, 71), Valverde, Vinisius Junior (Braim Dias, 78), Benzema (Gonsales, 83).
Leganes – Kuelyar, Tarin, Siovas, Xuanfran (Xose Arnais, 78), Bustinsa, Resio, Gumbau (Silva, 46), El-Jar (Eraso, 63), Peres, Sabin Merino, Breytueyt.
Ogohlantirishlar: Gumbau (42), Nacho (55), Valverde (84), Peres (90).

Top