Oq uy ma'muriyati AQŞ prezidenti Donald Trampning Davosdagi Butunjahon iqtisodiy forumiga taşrif buyurmasligi böyiça ssenariyni körib çiqmoqda. Bu haqda The Wall Street Journal rasmiy şaxslarga tayangan holda xabar berdi.

Qayd etilişiça, Trampning Davosga taşrifini bekor qiliş masalasi şatdaun 22 yanvargaça töxtamasa, hal etiladi.

Gazetadan eslatişlariça, bu sanagaça 800 mingga yaqin davlat xizmatçisi 32 kun içida maoş olmagan bölib çiqadi. Şuningdek, federal idoralarning aksariyati faqatgina qisman işlaşda davom etadi.

Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞdagi şatdaun tarixdagi eng uzoği bölişi mumkin ekani xabar qilingandi.