AQŞda federal muassasalar işining töxtab qolişi mamlakat tarixidagi eng uzuniga aylandi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
Şanbaga ötar tunda (Toşkent vaqti bilan soat 09:00) şatdaunning 22-kuni boşlandi. Amerika hukumati işi 2018 yil 22 dekabrda töxtab qolgandi.
21 kun davomiyligidagi şatdaun Bill Klinton davrida sodir bölgandi. Öşanda u respublikaçilar tomonidan taklif etilgan, tibbiy ta'minot, atrof muhitni muhofaza qiliş va ta'lim dasturlariga moliyalaştirişni qisqartirişni nazarda tutgan budjetga rozi bölmagan.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞdagi şatdaun tarixdagi eng uzoği bölişi mumkin ekani xabar berilgandi.
Federal muassasalar yopilişi ehtimoli mavjud bölgan, budjetni tasdiqlaş sxemasi 1976 yildan qöllanila boşlandi. Ötgan vaqt içida şatdaun 21 marotaba qayd etildi. Eng uzoq vaqt davomida hukumat 1978 va 1995-1996 yillarda işlamagan.












