Qaçondir yöl qöyilgan xato vaqti kelib bir qator muammolarga sabab böladi. Ayniqsa, belgilangan me'yor va qoidalarga amal qilinmay amalga oşirilgan quriliş kelgusida köplab noqulayliklarni keltirib çiqaradi. Xatoni kimdir qiladi, jabrini boşqa köradi. Bunday holatlar soha vakillarining öz işiga mas'uliyatsizlarça yondaşganligidan kelib çiqadi.

Qaşqadaryo viloyati, Qarşi şahridan kelgan murojaatni joyida örganişimiz jarayonida guvohi bölgan holatlarimiz ana şunday fikr yuritişimizga sabab böldi.

Kun.uz saytiga murojaat qilgan Qarşi şahri, «Ğofur Ğulom» mahallasidagi A.Xöjayev xonadonida böldik.

«Uyimiz ostidan magistral içimlik suvi quvuri ötgan ekan. Şu vaqtgaça bilmagandik. 2018 yil 23 noyabrda xonadonimiz polidan suv sizib çiqdi. Pol osti suvga tölib qolgan ekan. Şundan keyingina uy ostidan suv tarmoği ötganligini bildik. Quvur yorilib ketgan ekan. Şu paytgaça muammo hal bölmayapti», – deydi biz bilan suhbatda A.Xöjayev.

Xonadon egasi bu holat böyiça Prezident virtual qabulxonasiga murojaat qilgan. Ajablanarlisi, xonadondagi holat örganilmay fuqaroga Qaşqadaryo viloyati «Suvoqova» DUK direktor Ş.Murodov tomonidan javob xati kelgan.

Unda Qarşi şahar «Suvoqova» filiali işçi guruhi tomonidan murojaatçi iştirokida holat örganilganligi, muallifga nosozlik bartaraf etilişi tuşuntirilgani aytilgan. Ammo A.Xöjayev heç qanday işçi guruh kelmaganligi, holatni örganmaganligi bildirdi.

Ma'lum bölişiça, uşbu uylar 1989 yilda davlat tomonidan qurilgan. Öşa vaqtda belgilangan me'yorlarga amal qilinmagan va magistral içimlik suvi quvuri ustiga ular barpo qilingan. Uylar uçun barça tegişli hujjatlar rasmiylaştirilib berilgan.

Ança yillar avval yöl qöyilgan xato bugungi kunda uşbu oilaning aziyat çekişiga sabab bölmoqda. Uşbu xonadonning yon-atrofidagi uylarda istiqomat qilayotgan oilalar ham şunday xavf ostida yaşamoqda.