Surxondaryo viloyati Qumqörğon tumanida «Şoh Maşrab» jome masjidining oçiliş marosimi bölib ötdi.




«Şoh Maşrab» jome masjidi jamoasining ma'lum qilişiça, masjidning yangi binosi xalq haşari bilan butkul qayta qurilgan. Masjidni tiklaş işlari 2017 yilning boşida boşlanib, 23 oy davom etdi. Bugun jome masjidining umumiy maydoni qariyb 8000 kvadrat metrni taşkil qiladi.

Masjidning asosiy binosi balandligi 28 metrni taşkil etuvçi gumbaz, 43 metrlik katta minoradan iborat. Majmuaning loyihalaştiriş va qayta tiklaş işlarida me'mor va quruvçilar Markaziy Osiyoda masjidlar quriş qoidalariga töliq amal qildilar.Imkoniyati çeklangan insonlar uçun zarur uskunalar, havoni tozalab beruvçi qurilma va konditsionerlar tizimi moslab örnatildi. Masjid hovlisida dam oliş joylari ham yaratildi.

Bir vaqtning özida 2500 nafar namozxonni öz bağriga siğdira oladigan uşbu masjidda keça birinçi juma namozi ado etildi. Masjidning oçilişi va juma namozini öqib beriş uçun Özbekiston musulmonlari idorasi Yunusobod tumani boş imom xatibi Sayyid Rahmatulloh Termiziy taşrif buyurgan.















