Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh kongressi Tramp va Putin uchrashuvlari bo‘yicha tinglovlar o‘tkazmoqchi
Foto: RIA Novosti / Aleksey Nikolskiy
AQSh vakillar palatasining xorijiy ishlar bo‘yicha qo‘mitasi prezidentlar Donald Tramp va Vladimir Putin o‘rtasidagi uchrashuvlar bo‘yicha tinglovlar o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
"Tramp har safar Putin bilan uchrashganida mamlakatga hech narsani ma'lum qilmaydi. Amerika haqiqatni bilishga loyiq va vakillar palatasining xorijiy ishlar bo‘yicha qo‘mitasi buning tagiga yetmoqchi. Biz Trampning Putin va uning atrofidagilar bilan g‘alati munosabatlari atrofidagi sirlar va bu yashirin munosabatlar milliy xavfsizligimizga qay darajada ta'sir qilishi bo‘yicha tinglovlar o‘tkazamiz", deyiladi qo‘mita saytida e'lon qilingan bayonotda.
Avvalroq Washington Post gazetasi o‘z manbalariga tayanib Tramp o‘z ma'muriyatidan Putin bilan suhbati tafsilotlarini yashirganini, natijada keyingi ikki yil davomidagi beshta joyda bo‘lib o‘tgan suhbatlarning birorta ham batafsil yozuvi mavjud emasligini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
16:08 / 30.01.2026
Tramp Putin kuchli sovuq tufayli Kiyevga zarbalarni to‘xtatib turishini aytdi
07:50 / 23.01.2026
Putin Kremlda Trampning vakillari bilan uchrashdi
22:39 / 21.01.2026
Agar Putin va Zelenskiy tinchlik shartnomasini tuzmasa, ular ahmoq bo‘ladi – Tramp
13:48 / 20.01.2026