Donald Tramp va Volodimir Zelenskiy 22-sentabr kuni Nyu Yorkda BMT Boş assambleyasi doirasida özaro uçraşuv ötkazdi. Prezidentlar uçraşuvi 40 daqiqaga yaqin vaqt davom etdi, ular Rossiya bilan muzokaralar istiqbollari, Ukrainaga harbiy yordam hamda Kiyev va Moskva örtasida energetik sulh tuziş ehtimolini muhokama qilişgan.
Uçraşuvdan oldinroq Tramp BMT tribunasida turib uruş tez orada tugaşini möljallayotganini aytgandi: «Biz Rossiya va Ukraina rahbarlari bilan juda yaqindan işlayapmiz va bu işni oxiriga yetkazamiz. Öylaymanki, bu odamlar kutganidan tezroq sodir böladi».
Zelenskiy esa muzokaralardan keyin uruş qaçon yakunlanişi haqida gap oçdi:
Umid qilamanki, biz bu uruşni yakunlaymiz, umid qilamanki, prezident Tramp uni yakunlaşga yordam beradi. Menimça, buni imkon qadar tezroq – qişgaça, yaxşisi qişgaça qilişimiz kerak.
Yevropadagilar ham şunga umid qilişmoqda. «Odamlar qişgaça qisman otaşkesim bölişidan umid qilişmoqda», – dedi Finlandiya prezidenti Aleksandr Stubb Bloomberg uçun intervyusida.
Ikki hafta oldin Zelenskiy uruş qişda ham davom etişini taxmin qilayotgandi. «Hozirça şunday körinmoqda», – degandi u 6-sentabr kuni Kiyevda ötkazilgan muzokaralarda Trampning maxsus vakillari Stiv Uitkoff va Jared Kuşnerga.
Nyu Yorkdagi uçraşuvdan söng Ukraina rahbari The Wall Street Journal naşriga bergan intervyusida Tramp endi Moskva bilan energetika sulhi böyiça muzokaralar olib borişga harakat qilişini aytdi. Şu bilan birga, u Vladimir Putin bunday sulhga rozi bölişi uçun Vaşington sanksiyalarni kuçaytiriş orqali qöşimça bosim qilişi talab etilişini taʼkidlagan. Zelenskiy Ukraina har qanday formatdagi sulhga roziligini aytib, Putin va Tramp iştirokidagi uç tomonlama uçraşuvga ham tayyorligini qöşimça qilgan.
Muzokaralarning yana bir mavzusi – harbiy yordamning «qişki paketi» bölgan. Zelenskiy Trampdan Ukrainaga Amerika zaxiralaridan Patriot raketalarini berişni söragan. Buning evaziga Kiyev Germaniya bilan kelişuv doirasida kelajakda yetkazib beriladigan raketalarning bir qismini AQŞga qaytarişni taklif qilmoqda. Tramp rozilik bermagan, ammo Zelenskiy bu ğoya darhol rad etilmaganini «yaxşi qadam» deb atadi.
Kremldagilar garçi Putin Tramp bilan uçraşişga tayyor bölsa-da, hozirda tinçlik muzokaralari uçun heç qanday asos yöqligini taʼkidlamoqda. RF prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ekspertlar darajasidagi dastlabki işlarsiz Zelenskiy bilan uçraşuv ötkazişni vaqtni behuda sarflaş deb atadi va bunday uçraşuv faqat Moskvada bölib ötişi mumkinligini yana bir bor taʼkidladi.


















