Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShning Germaniyadagi elchisi nemis kompaniyalariga sanksiyalar kiritilishi mumkinligini bildirdi
AQShning Germaniyadagi elchisi Richard Grenell nemis kompaniyalariga "Shimoliy oqim- 2" gaz quvuri qurilishini qo‘llab-quvvatlaganliklari uchun Vashington tomonidan sanksiyalar kiritilishi mumkinligi haqida ogohlantiruvchi maktub jo‘natdi. Maktub Bild am Sonntag gazetasida chop etildi.
"Agarda Rossiya energetika sektorini qo‘llab-quvvatlayotgan kompaniyalar biror loyihada ishtirok etadigan bo‘lsa, bu sanksiyalar joriy etilishiga olib kelishi mumkinligini ta'kidlab o‘tamiz", deyiladi Grenellning maktubida. Uning ta'kidlashicha, "agarda Shimoliy oqim- 2" va "Turk oqimi" quvurlaridan gaz o‘tishi natijasida Ukraina orqali yevropaga gaz o‘tishi foyda keltirmaydigan bo‘lsa, Kiyev xavfsizlik siyosati borasida o‘z ahamiyatini yo‘qotadi, bu esa Rossiya intervensiyasi kuchayishiga olib keladi".
Grenellning ta'kidlashicha, "har ikki loyihani qo‘llab-quvvatlayotgan kompaniyalar Ukraina va Yevropa xavfsizligiga raxna soladi".
Gazetaning xabariga ko‘ra, ushbu mazmundagi maktub qator nemis kompaniyalariga jo‘natilgan.
"Maktublarni tahdid emas, AQSh siyosiy nuqtai nazarining yaqqol ifodasi sifatida qabul qilish lozim", degan Grenellning vakili.
Mavzuga oid
10:56 / 11.07.2026
O‘zbekistonlik haydovchi Amerikada oqibati o‘lim bilan tugagan YTH sodir etdi
09:56 / 11.07.2026
Ryanair reysida illyuminator sindi, yo‘lovchi jarohatlandi
08:50 / 11.07.2026
Janubiy Koreya va AQShga noqonuniy migratsiya tashkil etmoqchi bo‘lganlar ushlandi
22:16 / 10.07.2026